Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi haftalarda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov og‘ir kasal va komada bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ingush jurnalisti Magomed Toriyev Freedom nashriga bergan intervyusida Qodirovning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni aytdi.

Foto: RKadyrov_95

Toriyevning so‘zlariga ko‘ra, Chechenistondan ham, ko‘p sonli chechen diasporasi yashaydigan Yevropadan ham Qodirovning ahvoli yomonligi haqida hech qanday dalil yo‘q. Shunga qaramay, jurnalist agar Qodirov haqiqatan ham komada bo‘lsa, “Kreml uning o‘rnini kim egallashini hal qilmaguncha komada qolishini” ta’kidladi. U Qodirov Moskvada davolanayotgani tasdiqlansa ham, Kreml buni oshkor qilmasligini bildirdi.

U Ramzan Qodirov o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan uch nafar nomzodni aytdi:

  • Checheniston Davlat Dumasi deputati Adam Delimxanov;
  • Checheniston parlamenti rahbari Magomed Daudov;
  • Checheniston bosh vazirining xavfsizlik bloki bo‘yicha o‘rinbosari va Axmat otryadining qo‘mondoni Abuzayd Vismurodov.

Jurnalistning ta‘kidlashicha, Chechenistonda hech kim yangi tayinlangan rahbarga qarshi chiqmaydi.

“Siyosiy hayot, siyosiy partiyalar, so‘z erkinligi, mustaqil ommaviy axborot vositalari yo‘q. Diktatura, konslager bor. Kim tayinlanmasin, Moskvaning yordamiga tayanadi. Rossiyadagi gubernatorlarning hech biri o‘z hududi, hududiy elitasi yordamiga tayanmaydi, barchasi Moskva tomonidan tayinlanadi. Kreml aholining reaksiyasi haqida o‘ylaydi, deb hisoblashdan foyda yo‘q”, — deya xulosa qildi Toriyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »