Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya bo‘ylab yuzlab politsiyachilar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Hizbulloh” shia guruhiga aloqadorlarni qidirib, islom markazlarida reydlar o‘tkazdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

Germaniya ichki ishlar vazirligi yetti federal shtatdagi Islom markaziga aloqador 54 ta joyda tintuv o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Politsiya operatsiyasi Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida Germaniyada antisemitizm kuchayishini to‘xtatish harakatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

“Biz islomiy sahnani kuzatuvimizdan chetda qoldirmaymiz. Ko‘pchilik yahudiylar o‘zlarini xavf ostida his qilayotgan bir paytda, Germaniya islomiy targ‘ibot yoki Isroilga qarshi dushmanlik antisemitizm g‘oyalariga toqat qilmaydi”, — dedi ichki ishlar vaziri Nensi Feser.

Gamburg Islom markazi allaqachon nemis ichki razvedkasi nazorati ostida va Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, uning faoliyati “Eron oliy rahbarlarining inqilobiy konsepsiyasini tarqatishga qaratilgan bo‘lib, u go‘yoki Germaniyaning konstitutsiyaviy tartibini buzadi”.

Reydlar Gamburg markazi va unga aloqador boshqa guruhlar “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlagani bo‘yicha dalillar to‘plash uchun o‘tkazilgan. Hozircha reydlar chog‘ida hibsga olinganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »