Ichki ishlar vazirligida 2 mingga yaqin ayol ishlamoqda — “Tolibon”
Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi tizimida ikki ming nafar xotin-qiz ishlamoqda. Bu haqda Bakhtar News xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Matinga ko‘ra, ichki ishlar organlari, Ichki ishlar vazirligining xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari, qo‘riqlash va inspeksiya bo‘limlarida xotin-qizlarning borligi dolzarb ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Ichki ishlar vazirligining xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida, jumladan, pasport bo‘limi, davlat xizmati va inspeksiya bo‘limlarida 1995 nafar xotin-qiz faoliyat olib bormoqda.
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan taqiqlar
- afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
- erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish;
- ayollarning erkak shifokorlarga borishi;
- ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi;
- istirohat bog‘iga tashrif buyurishi,
- oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi,
- ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar