“Ayollarga nisbatan oilaviy zulmga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” — “Tolibon”
“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Afg‘onistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday turi taqiqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Bakhtar News xabar berdi.
Mujohid “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan shunday bayonot berdi. U Afg‘onistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlar tegishli xizmatlar tomonidan aniqlanib, sud muassasalariga jazo tayinlanishi uchun olib kelinayotganini aytdi.
“Majburiy nikoh, ayollarga nisbatan oilaviy zulmga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va ayni paytda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun qamoqda o‘tirganlar bor va ularning holatlari tekshirilmoqda”, — dedi Mujohid.
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan taqiqlar quyidagilar:
- afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
- erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish;
- ayollarning erkak shifokorlarga borishi;
- ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi;
- ayollarning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi,
- oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi,
- ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar