To‘qayev Markaziy Osiyo mamlakatlarida haroratning 2,5 darajaga ko‘tarilishi oqibatlarini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Butunjahon iqlim sammitida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlarida haroratning 2,5 darajaga ko‘tarilishi nimalarga olib kelishini tushuntirib berdi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
“Kengroq ma’noda biz xalqaro hamjamiyat iqlimni moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlarini kengaytiradi, deb umid qilamiz, ammo moliyalashtirish birinchi to‘siqdir. Agar biz 2050-yilga borib global harorat ko‘tarilishini 1,5 darajagacha cheklashga muvaffaq bo‘lsak ham, Markaziy Osiyo mamlakatlarida havo haroratining 2,5 darajagacha ko‘tarilishi saqlanib qoladi. Bu suv tanqisligi, haddan tashqari issiqlik, cho'llanish va ekstremal gidrologik hodisalarga olib keladi. Shuning uchun moslashish muqarrar va zarurdir”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.
To‘qayev bir paytlar dunyodagi to‘rtinchi yirik ichki suv havzasi bo‘lgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirmoqda. Qozog‘iston yaqin uch yil ichida iqlim bo‘yicha ikkita yirik sammit o‘tkazadi.
“Qozog‘iston kelgusi yilda Jamg‘arma raisligini o‘z zimmasiga oladi va bu muammoni hal qilishda barcha hamkorlarni jalb etishga umid qiladi”, — dedi siyosatchi.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar