Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaga tashrif buyurgan Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukraina qo‘shinlari “og‘ir va mashaqqatli kurash”ga duch kelayotganini aytdi.

“Bunday konfliktlarda sehrli tayoqcha bo‘lmaydi”, — dedi Ostin F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish jang maydonida o‘zgarishlar qilishi mumkinmi degan savolga.

“F-16, HIMARS yoki boshqa texnika haqida gapiramizmi, taqdim etilgan harbiy imkoniyatlarga va ularning integratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Barchasi ushbu imkoniyatlardan qanday foydalanishga va jang maydonida kerakli effektga erishish uchun ularni sinxronlashtirishga bog‘liq”, — dedi Pentagon rahbari.

Shuningdek, Ostin AQSH Ukrainaga har tomonlama yordam berishda davom etishini ta’kidladi va Ukraina armiyasi Rossiya qo‘shinlariga katta zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lgani, ular uzoq vaqt davomida tiklana olmasligini ta’kidladi.

AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 100 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etayotganini e’lon qildi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Stinger zenit kompleksi uchun raketalar;
  • bitta HIMARS tizimi va o‘q-dorilar;
  • 155 va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari (snaryadlar soni ko‘rsatilmagan);
  • Javelin va AT-4 tankga qarshi tizimlari;
  • TOW raketalari;
  • uch milliondan ortiq patronlar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »